#Zulfiya_izdoshlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan 28 nafar nomzod taqdirlangan edi.
Bugun Xorazm viloyati hokimligida ushbu Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Zulfiya Shomurotova hamda O’zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch filiali talabasi Risolat Sapayeva bilan bir guruh yoshlar ishtirokida uchrashuv marosimi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova va viloyat hokimi Jo’rabek Rahimov taqdirlangan qizlarni, ularning ota-onalari, ustozlarini bu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, mukofotlarni o’z egalariga tantanali ravishda topshirdi.